Milliy sertifikat imtihoni sanalari - Ta’lim / Образование

Milliy sertifikat imtihoni sanalari

2026 yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari sanalari e’lon qilindi.

2024 yilning 1 yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2026 yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

Milliy sertifikat imtihonlari qo‘yidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:


Yanvar

Ro‘yxatdan o‘tish: 26-dekabr 2025-yilgacha
To‘lov qilish: 27-dekabr 2025-yilgacha
Test sinovi: 17-18-yanvar
Fanlar: biologiya, fizika, tarix


Yanvar-Fevral

Ro‘yxatdan o‘tish: 9-yanvargacha
To‘lov qilish: 10-yanvargacha
Test sinovi: 31-yanvar va 1-fevral
Fanlar: ona (oʻzbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot


Fevral

Ro‘yxatdan o‘tish: 30-yanvargacha
To‘lov qilish: 31-yanvargacha
Test sinovi: 21-22-fevral
Fanlar: matematika, kimyo, geografiya


Mart

Ro‘yxatdan o‘tish: 6-martgacha
To‘lov qilish: 7-martgacha
Test sinovi: 28-29-mart
Fanlar: biologiya, fizika, tarix


Aprel

Ro‘yxatdan o‘tish: 3-aprelgacha
To‘lov qilish: 4-aprelgacha
Test sinovi: 25-26-aprel
Fanlar: ona (oʻzbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot


milliy sertifikat sanalari


Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Izoh: Hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.