Ushbu sahifada A.P. Rimkevich muallifligida yaratilgan “Fizikadan masalalar to‘plami” ni yuklab olishingiz mumkin.
Maktab fizika kursini o‘rganish — fizik hodasalar va qonuniyatlarni tushunibgina qolmay, balki ularni amalda tadbiq qila bilish ham demakdir. Aniq, alohida masalani hal qilish uchun fizikaning umumiy qoidalarini har qanday qo‘llanish fizik masala yechish demakdir. Masalani yechishga kirishishdan avval masalaning ma’nosini tushunib olish va uning asosida qanday fizik xodisalar va qonuniyatlar yotganini, unda tavsiflangan jarayonlarning qaysilari asosiy ekanini va qaysilarini hisobga olmaslik mumkinligini aniqlab olishga, lozim.
Masalani yechish uchun biz soddalashtiruvchi qanday farazlar kiritishimiz lozimligini bilishimiz kerak. Masalan, jismning biror balandlikdan tushish vaqtini hisoblashda quyidagi soddalashtirishlar qilinadi: jismni moddiy nuqta deb hisoblab, erkin tushish tezlanishi o‘zgarmas deb qabul qilinadi, havoning qarshiligi hisobga olinmaydi.
Kattaliklar va fizik doimiyliklarning jadval qiymatlaridan foydalanib, ularning qiymatlari yechilayotgan masalaning anniq shartlari bilan belgilanadigan aniqlik darajasida yaxlitlash lozim.
To‘plamning so‘nggi nashri chiqqandan buyon universitetlarga kirish imtihonlari qabul qilish tajribasi ko‘pgina masalalar, jumladan, yangi tashkil etilgan fakultetlar (hisoblash matematikasi va kibernetika, tuproqshunoslik fakultetlari)da berilgan masalalar bilan boyitildi.
Kitobning uchinchi nashrida bu materiallar hisobga olindi, kitobni qayta ishlashda undan keng foydalanayotgan tayyorlov bo‘limlari va kurslari tinglovchilarining istaklarini hisobga olgan holda ba’zi masalalarning yechimlari olib tashlanib, faqat javoblari qoldirildi. Bundan maqsad o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatishdir. Kitobda faqat foydalanuvchilar uchun kerak bo‘ladigan asosiy masalalarninggina mufassal yechimlari qoldirildi.
Bundan tashqari to‘plamga keyingi yillarda univesitetlarning turli fakultetlarida berilgan 300 ga yaqin yangi masala kiritildi. Mualliflar kitobning yanada yaxshilanishiga qaratilgan mulohazalar uchun oldindan minnatdorchilik bildiradilar.
Mualliflar
Fizikadan masalalar to‘plami
Muallif: Andrey Pavlovich Rimkevich
Nashriyot: Toshkent «O‘qituvchi»
Tarjimon: G‘.Obidov
Yil: 1987
Hajmi: 212 bet
Fayl turi: pdf
Fayl hajmi: 9,9 mb
Fayl manbasi: www.ziyouz.com
Fizikadan masalalar to‘plami (A.P. Rimkevich)