Sinf rahbari daftari - Ta’lim / Образование

Sinf rahbari daftari

Sinf rahbari — maktabdagi o‘quv va tarbiya ishlarining bevosita va asosiy tashkilotchisidir. U bolaga o‘qituvchilar jamoasi a’zolaridan ko‘ra yaqinroqdir, shuning uchun u bolalarning shaxsiy rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Sinf rahbari — sinf o‘quvchilari jamoasining tashkilotchisi bo‘lishi, o‘quvchilarni, ularning yashash sharoitlarini, fe’l-atvor xususiyatlarini, qiziqishlari va moyilligini yaxshi bilishi va shularni hisobga olgan holda maktab oldida turgan o‘quv vazifalarini hal qilishda sinf bilan ko‘p qirrali ishlarni olib borishi kerak.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish Xalq ta’lim vazirining 2023 yil 27 iyundagi 190 sonli buyrug‘i 2 ilovaga muvofiq tashkil etiladi.



Sinf rahbarining asosiy vazifalari

Quyidagilar sinf rahbarlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

◼️ ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri sifatida o‘ziga biriktirilgan sinf o‘quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etish;

◼️ odob-axloq va ichki tartib qoidalariga muvofiq muomala va kiyinish madaniyatiga qat’iyan amal qilish, jamoada namunali bo‘lish;

◼️ o‘quvchilarning o‘sib-ulg‘ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etish;

◼️ har tomonlama yetuk, barkamol – ma’naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o‘quvchilarining qobiliyatlarini to‘liq namoyon etishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;



◼️ pedagogik va o‘quvchilar jamoa hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yo‘lga qo‘yish;

◼️ ertalabki saflanishlarda sinf o‘quvchilarining belgilangan tartibda to‘liq ishtirok etishlarini ta’minlash;

◼️ biriktirilgan sinf xonasidagi mavjud jihozlarning saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash;

◼️ sinf rahbarlari o‘z faoliyatini o‘quvchilaming yosh xususiyatlari, umumiy rivojlanish darajasi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda. keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi.

 


2 thoughts on “Sinf rahbari daftari

Leave a Reply