Nega maktabda darslar aynan 45 daqiqa davom etadi? - Ta’lim / Образование

Nega maktabda darslar aynan 45 daqiqa davom etadi?

Nega maktabda darslar aynan 45 daqiqa davom etadi? Quyida ushbu savolga javob topishga harakat qilamiz.

nega_dars_45_minut_davom_etadi_600

Odatda maktablarda dars mashg‘ulotlari 45 daqiqa davom etadi. Lekin hech uylab ko‘rganmizmi, nega aynan 45 daqiqa? Albatta qiziqarli dars uchun 45 daqiqa judayam kam ko‘rinishi mumkin. Lekin kunning issiq kunlari, buning ustiga 4 chorakda dars mashg‘ulotlari 45 daqiqa bo‘lishi judayam uzoq vaqtday ko‘rinadi. Buni qarangki, mashg‘ulotlar 45 daqiqa bo‘lishiga bir necha sabablar bor ekan.



Olimlarning e’tirof etishicha 🔔35 daqiqa — 7 yoshli va hatto 6 yoshli bolaning miyasi samarali qabul qilishi uchun yetarli vaqt hisoblanib, ana shu vaqt davomida o‘quvchi ortiqcha narsalarga chalg‘imasdan, o‘qituvchi aytgan ma’lumotlarga diqqat qarata olar ekan.

Darsning yakuniy 10 daqiqali qismi esa fan o‘qituvchilari darsda berilgan tushuntirish va yangi bilimlarni mustahkamlash uchun qulay vaqt hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida» gi nizom hamda belgilangan sanitar me’yorlari va qoidalariga muvofiq dars mashg‘ulotining davomiyligi 45 daqiqa etib belgilangan.



Soha mutaxassislari tomonidan dars mashg‘uloti uchun ajratilgan 45 daqiqa vaqt quyidagicha taqsimlanishi tavsiya etilgan:

1. Tashkiliy qism (3 minut)
2. O‘tilgan mavzuni takrorlash (7 minut)
3. Yangi mavzuni tushuntirish (15 minut)
4. Yangi mavzuni mustahkamlash (10 minut)
5. O‘quvchilarni baholash (7 minut)
6. Uyga vazifa berish (3 minut)



Leave a Reply