Ish haqi, pensiya va nafaqalar sezilarli darajada oshiriladi - Ta’lim / Образование

Ish haqi, pensiya va nafaqalar sezilarli darajada oshiriladi

Yanvar oyidan boshlab ish haqi, pensiya va nafaqalar o‘z vaqtida to‘lanib, inflyasiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshiriladi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Ish haqi, pensiya va nafaqalar sezilarli darajada oshiriladi

Xabarda keltirilishicha, yuqoridagi qaror Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasida bir o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.



Shuningdek, loyihada davlatning fuqarolar oldidagi barcha ijtimoiy majburiyatlarini bajarish uchun yetarli miqdorda, jumladan, kambag‘allikni qisqartirish uchun 20 trln. so‘m pul mablag‘lari ajratilganligi aytib o‘tilgan.

Inflyasiya darajasi 7 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

 


Leave a Reply