Savol: Inklyuziv ta’lim uchun ustama to‘lanadimi? To‘lanadigan bo‘lsa qancha miqdorda?
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 638-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom 53-bandiga ko‘ra, inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan:
— bir nafar bola uchun lavozim maoshining 10 foizi;
— ikki nafar bola uchun lavozim maoshining 20 foizi;
— uch nafar bola uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida;
— ikki va undan ortiq inklyuziv ta’lim sinflarida to‘rt nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchilar va maxsus pedagoglarga lavozim maoshining 40 foizi miqdorida belgilanadi.
Bunda boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘qituvchilari va maxsus pedogoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.
Mana shu qoidaga ko‘ra, inklyuziv ta’limga yuqoridagi ustamalar berilishi mumkin.