Attestatsiya imtihonlari qancha vaqt davom etadi? Mazkur vaqt ichida tashaqariga chiqish mumkinmi? Ushbu savollarga mutaxassislar javob berishdi.
Malaka sinovi o‘tkazish paytida talabgorlar har qanday sabab bilan auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, malaka sinovi to‘liq yakunlagan talabgorlar bundan mustasno (talabgorning sog‘lig‘i yomonlashgan hollarda auditoriya nazoratchisi va tibbiyot xodimlari kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.)
Uzrsiz sabablarga ko‘ra auditoriyadan chiqqan talabgorlar qaytadan malaka (test) sinoviga qo‘yilmaydi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasining birinchi va ikkinchi bosqichlari uchun mutaxassislik fani, kasbiy standartlar hamda pedagogik mahoratni baholash boʻyicha tavsiyalar(spetsifikatsiyalar)ga koʻra, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun:
— 1-bosqichda: mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha 40 ta (35 ta fandan + 5 ta kasbiy standartdan) test topshirigʻi;
— 2-bosqichda: pedagogik mahoratni aniqlash boʻyicha 10 ta test topshirigʻi beriladi (jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati oʻqituvchilari bundan mustasno).
Har bir toʻgʻri bajarilgan topshiriq 2 ball bilan baholanib, jami 100 ball toʻplash imkoniyati beriladi.
Test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt meʼyorlari:
— Boshlangʻich taʼlim (barcha tillar uchun) — 120 daqiqa;
— Biologiya, Kimyo, Fizika, Matematika, Informatika va axborot texnologiyalari — 120 daqiqa;
— Ona tili va adabiyot, Davlat tili, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq, Qozoq, Qirgʻiz, Tojik, Turkman tillari va adabiyoti — 105 daqiqa;
— Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Koreys tili, Yapon tili, Xitoy tili, Hind tili — 105 daqiqa;
— Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari — 90 daqiqa;
— Tasviriy sanʼat va chizmachilik, Texnologiya, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik — 90 daqiqa;
— Psixolog, Defektolog-pedagog, Logoped-pedagog — 90 daqiqa;
— Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati (1-bosqich, 40 ta test) — 90 daqiqa;
— MTT xodimlari (Direktor oʻrinbosari, psixolog, musiqa rahbari, tarbiyachi, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, logoped) — 90 daqiqa;
— Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlari pedagoglari (2 bosqich pedagogik mahorat boʻyicha 10 ta savol) — 20 daqiqa.





