Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻtkaziladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sport hamda boshqa tegishli vazirliklar hamkorligida joriy yilning 7-30-aprel kunlari barcha umumiy oʻrta taʻlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari boʻlib oʻtadi.
Ushbu bahslarda qatnashish ixtiyoriy boʻlib, ishtirokchilar my.sport.uz platformasidan roʻyxatdan oʻtgan holda sport sinovlarini topshirishlari mumkin.
Ixtiyoriy sport sinovlar umumiy oʻrta taʻlim maktablarida qabul qilinadi. Ishtirokchilarning natijalari ushbu platformada baholanadi va oʻquvchilarning shaxsiy kabinetiga elektron sertifikat yuboriladi.
Gʻoliblarga maxsus Diplom, esdalik sovgʻalar hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovining I, II va III darajali koʻkrak nishonlari topshiriladi.
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida ishtirok etish yuzasidan batafsil ma’lumotni Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilaridan olishingiz mumkin.