Direktor jamg‘armasi hisobidan beriladigan ustamalar yozda ham to‘lanadimi? - Ta’lim / Образование

Direktor jamg‘armasi hisobidan beriladigan ustamalar yozda ham to‘lanadimi?

Direktor jamg‘armasi hisobidan beriladigan ustamalar yozda ham ya’ni iyun-avgust oylari uchun ham to‘lanadimi? Ushbu savolga malakali huquqshunoslar javob berishdi.

nafaqa_posobie_bola-puli

Yuqoridagi savol bo‘yicha Ustozlardan ko‘plab murojaatlar keldi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qaroriga 1-ilova “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 21-bandiga ko‘ra, umumta’lim muassasalari psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.



Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qaroriga 1-ilova “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning 24-bandiga ko‘ra, o‘quv yili umumta’lim muassasalarida 2 sentyabrdan kelgusi yilning 25 mayiga qadar davom etadi va to‘rt chorakka bo’linadi.

Nizomning 26-bandiga ko‘ra esa, o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:
kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.



❗️Shunga ko‘ra umumta’lim muassasalarida o‘quv yili sentyabr oyidan boshlanishi va yozgi ta’til 1 sentyabrgacha davom etishini inobatga olib, o‘qituvchining direktor jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili boshlangunga qadar belgilanadi.

Aynan shu masala yuzasidan quyida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarini javob xati quyida ilova qilinmoqda.