Maktablarda Kasbiy ta’lim ustasi lavozimi joriy etildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 06.08.2024-yildagi 244-sonli buyrugʻi bilan umumta’lim muassasalari hamda “Mehribonlik” uylari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga qo’shimcha kiritildi.
Unga ko‘ra o‘quvchilarga kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladigan maktablarda Kasbiy ta’lim ustasi lavozimi 1,0 shtat birlikdan kiritiladi.
Bunda, o’quvchilarga kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladigan maktablar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.