Ko‘cha-kuyda, avtobusda, gazeta-jurnallarda beixtiyor IELTS qisqartmasini ko‘rib qolamiz. Lekin xech e’tibor berganmizmi. Bu qanday atama, u nima uchun kerak?
IELTS (inglizcha International English Language Testing System) – (Xalqaro Ingliz Tili Imtihon Tizimi) xalqaro imtihon tizimidir. Bu tizim ingliz tili muomala tili bo‘lgan davlat yoki muassasalarda ishlashni yoki o‘qishni rejalashtirayotganlar uchun ingliz tili bilimini tekshirib ko‘rish imtihonidir. Avstraliya, Yangi Zelandiya davlatlariga immigratsiya maqsadida xujjat topshirganlar, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerika, Britaniya, Irlandiya universitetlarida o‘qishni hohlaganlar IELTS testini topshirishlari kerak. IELTS imtihonining yakuniy bahosini tan oladigan dunyo universitetlari muntazam ravishda oshib bormoqda.
Imtihon formati
IELTS imtixoni taxminan 3 soat davom etadi. U to‘rt moduldan tashkil topgan:
Listening (tinglash – 40 daqiqa);
Reading (o‘qish – 60 daqiqa);
Writing (yozish – 60 daqiqa);
Speaking (og‘zaki/suhbat 11—14 daqiqa)
IELTS imtihoni ikki hil shaklda mavjud – Academic va General Training. IELTS haqida to‘liq ma’lumot va imtihon materiallarini rasmiy saytdan olish mumkin. Academic Module imtihon topshiruvchilarni ingliz tili asos bo‘lgan bakalavr yoki magistratura kurslarida o‘qishga tayyor yoki tayyor emasligini imtihon qiladi. General Training Module esa ingliz tili asosiy til bo‘lgan davlatlarga universitet darajasida bo‘lmagan tayyorgarlikdan o‘tish yoki immigratsiya maqsadlarida boruvchilarni imtihon qiladi. IELTS ko‘pgina davlatlarning universitetlari va ish beruvchilari tomonidan tan olingandir.
IELTS testi qaysi universitet va davlatlarda amalda?
Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti;
Toshkent Singapur Xalqaro Universiteti;
Turin Politexnika Universiteti Toshkent filiali;
Inxa Universiteti Toshkent filiali;
AQSH, Yevropa va ko‘pgina Osiyo Universitetlari.
Ballar
Testning har bir bo‘limi uchun ballar 1 dan 9 gacha bo‘lgan shkalada o‘lchanadi. So‘ng 4 bo‘lim bo‘yicha o‘rta ball hisoblanadi. eng yuqori ball 9.
9 — tajribali foydalanuvchi — ekspert;
8 — juda yaxshi foydalanuvchi;
7 — yaxshi foydalanuvchi;
6 — kompetent foydalanuvchi;
5 — o‘rtacha foydalanuvchi;
4 — chegaralangan foydalanuvchi;
3 — nihoyatda chegaralangan foydalanuvchi;
2 — qisman foydalanuvchi;
1 — foydalanuvchi emas.
Universitetda o‘qish uchun IELTS bo‘yicha o‘rtacha 6.0 balliga ega bo‘lish zarur. Agar natija 5.0 yoki 5.5ni tashkil etsa, u holda siz 6.0 ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun shu o‘quv yurti qoshidagi ko‘pi bilan 30 hafta davom etadigan ingliz tili kurslariga qatnashishingiz kerak bo‘ladi (ayrim universitetlar o‘rtacha ballarini 6.5 deb e’lon qilishlari mumkin).
TAFE, kollejlar va trening kurslari uchun 5.5 miqdoridagi o‘rtacha ball talab etiladi; 4.5 yoki 5.0 natijasiga erishish hollarida siz 5.5 ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun shu o‘quv yurti qoshidagi ko‘pi bilan 30 hafta davom etadigan ingliz tili kurslariga qatnashishingiz kerak bo‘ladi. Demak, talabalik vizasini olish uchun IELTS General Training module bo‘yicha o‘tish balli 4.5.
Masalan Toshkent Xalqaro Vestminster universitetining Umuta’lim kursiga kirish uchun ingliz tili talabi kamida 5.5 IELTS bali, bakalavr kurslariga kirish uchun 6.0 IELTS bali va magistratura kurslariga kirish uchun 6.5 IELTS bali belgilangan. O‘zbekistonda IELTS imtihonlari Britaniya Kengashi tomonidan olib boriladi. IELTS imtihon kunlari va boshqa ma’lumotlarni Britaniya Kengashining internet saytidan olish mumkin.
Maqola bo‘yicha foydali havolalar:
1. IELTS rasmiy sayti.
2. IETLS xatlarining.
3. IELTS
bo‘yicha tekin mashqlar.
4.
IELTSning sayti.
5. IELTSning O‘zbekistondagi imtihon vaqtlari.
6. World of Education.