Sinf rahbarlari uchun «Mustaqillik dars ishlanmasi» 2026 - Ta’lim / Образование

Sinf rahbarlari uchun «Mustaqillik dars ishlanmasi» 2026

Ushbu sahifada O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori bilan nomlanuvchi mustaqillik dars ishlanmasini yuklab olishingiz mumkin.

Разработка урока для классных руководителей - Урок независимости Республики Узбекистан 2026

2026-2027 yangi o‘quv yilida “Mustaqillik dars”lari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkaziladi.

O‘tkaziladigan Mustaqillik darslari maktab direktori, direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tarix, ona tili va adabiyoti fanlari o‘qituvchilari hamda sinf rahbarlari tomonidan olib boriladi.

“Mustaqillik darslari”da o‘quvchilarga xalqimizning 35 yil davomida erishgan yutuqlari, prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati borasida keng ma’lumotlar beriladi.



Shuningdek, umumta’lim maktablariga tashrif buyurgan sektor rahbarlari ham “Mustaqillik darslari”da ishtirok etib, o‘quvchilarga mamlakatimizda mustaqillik yillarida xususan so‘nggi yillarda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar mazmun-mohiyati, ta’limdagi islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va boshqa bir qator ko‘rsatgichlar va erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tadi.

Quyidagi havolalar orqali mustaqillik dars ishlanma, tadbir ssenariysi va tavsiyalarni yuklab olishingiz mumkin:




Mustaqillik darslari uchun dars ishlanmalar

 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 



Mustaqillik darsi uchun rasmlar

 

 


One thought on “Sinf rahbarlari uchun «Mustaqillik dars ishlanmasi» 2026

Leave a Reply