8-mart tabrik she’rlari - Ta’lim / Образование

8-mart tabrik she’rlari

Barchamiz orziqib kutgan so‘lim bahor kirib kelishi bilan tabiat ochilib, ko‘ngillarimiz yorug‘ tuyg‘ularga to‘lib boradi. Biz bugun Yaratganning buyuk mo‘jizasi bo‘lgan, hayot davomiyligi va abadiyligini o‘zida mujassam etgan ayol zotini, tabarruk onalarni ulug‘lar ekanmiz, beixtiyor mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Jannat onalarning oyog‘i ostidadir” degan mazmundagi hikmatli so‘zlarini eslaymiz va muqaddas Ona siymosi oldida ta’zim qilamiz.

8-mart tabrik she’rlari

O‘zining latofati va nafosati, vafo va sadoqati, qalb saxovati bilan oilani oila qiladigan, xonadonlarimiz bekasi va charog‘boni bo‘lmish siz, munis ayollarimizga har qancha tasannolar aytsak, sizlarni har qancha e’zozlab, boshimizga ko‘tarsak, arziydi, albatta.



🌹🌷🎁🌷🌹💐

Azizim hayotda shodlik bor bo‘lsin,
Ana shu shodliklar sizga yor bo‘lsin,
Qalbingiz orzu va quvonchga to‘lsin,
Bugun tilayman sizga ko‘p tilak.
8-MART bo‘lsin muborak!

🌹🌷🎁🌷🌹💐

Eng go‘zal insonsiz hayotimdagi.
O‘zgani “go‘zalim” deganim yolg‘on.
Yagona Malikam saroyimdagi.
Bayramingiz bilan onajon.

Onamdek mehribon munisa opam.
Yoshligim eslayman sizni har ko‘rsam.
Sizdek vafodormas, menga soyam ham.
Muborak bo‘lsin sizga ham bayram.

Ro‘moling uchiga tugma bo‘layin.
Dunyoda sen bilan mag‘rurdir dilim.
Sening shaning uchun mayli o‘layin.
Bayraming muborak mehribon singlim.



Men o‘zimni kechirolmayman.
To‘kilsa sochingni yarim tolasi.
Qochib ham o‘zingdan berkinolmayman.
Bayraming bilan, onasi…

Onamga o‘xshaydi ko‘zlaring sani.
Osmonimdagi yolg‘iz yulduzim.
Oppog‘im, chiroyim, shirinim mani.
Bayraming bilan qizim.

🌹🌷🎁🌷🌹💐

Boshingiz oftobi osmon bo‘lsin
Kunduzingiz chog‘idir oqshom
Saodat birla u nurafshon bo‘lsin
8 mart muborak bo‘lsin!

🌹🌷🎁🌷🌹💐
8-mart tabrik she’rlari

Siz ayolsiz, shirin so‘zli, muloyim.
Latofatni bergan sizga Xudoyim.
Yuzingizdan oy xam boqib uyalar.
Zuxro yulduz xavas bilan muralar.
Muhabbatda sadoqatli hayoli,
Muqaddassiz o‘zbek qizi ayoli.
Siz ayolsiz Momo Xavo naslidan,
Ochilasiz kelsa bahor faslidan.
Ishq, bog‘ida yigitlarni xayoli.
Muqaddassiz o‘zbek qizi ayoli.
Sizga ochik, jannatning ham eshigi.
Qo‘lingizda baxtli hayot beshigi.
Alla aytib mehr ila boqasiz.
Murg‘ak qalbga oq sut bo‘lib oqasiz.
Dardga malham bo‘lgan mehri giyoli.
Muqaddassiz o‘zbek qizi ayoli.

🌹🌷🎁🌷🌹💐

Onajonim sizga bugun tilaklarim hammasi
Shu vaqtgacha dil so‘zlarim aytolmadim chamasi
Sizga bo‘lsin bor jahonim, mehrim va umrim,
Toki tirikdirman sizga bo‘lsin eng shirin so‘zim.

 


One thought on “8-mart tabrik she’rlari

Leave a Reply