Akademik litseylarga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi - Ta’lim / Образование

Akademik litseylarga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi

2025-yil 24-25-iyul kunlari o‘tkazilgan akademik litseylarga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Akademik liseylarga kirish test natijalari e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik liseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) e’lon qilindi.



Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik liseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.