Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun tayanch o‘quv reja - Ta’lim / Образование

Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun tayanch o‘quv reja

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab va maktab-internatlar) hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishi uchun 2024-2025 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 13 avgustdagi 256 sonli buyrug‘i e’lon qilingan.


Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun tayanch o‘quv reja

O‘quv jarayonini tashkil etish 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Mazkur namunaviy tayanch o‘quv reja va tushuntirish xati asosida har bir ta’lim muassasasi 2024-2025-o‘quv yiliga moijallangan o‘quv rejasini ishlab chiqadi va avgust oyidagi Pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlaydi.



Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan ta’lim muassasalarining Pedagogik kengashlarida o‘quv rejani tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlami chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.

Barcha turdagi davlat ta’lim muassasalarida mazkur o‘quv reja asosida tashkil etiladigan darslar (mashg‘ulotlar) davlat budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.



Quyida ushbu buyruq, tushuntirish xati va tayanch o‘quv reja bilan yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin.