70 foizlik ustama kimlarga beriladi? Ushbu sahifada dolzarb savollarga javoblarni olishingiz mumkin.
Savol: Men 2025-yil bahorda boʻlib oʻtadigan attestatsiyada 70 foizlik ustama uchun topshirmoqchiman. “Agar 86 balldan past boʻlsa, toifasi pasaytiriladi” — deyishdi. Shu toʻgʻrimi?
Javob: Bu notoʻgʻri. Chunki 70 foizlik ustama — bu toifa testlarida 86 va undan koʻp ball toʻplagan pedagoglarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish uchun joriy etilmoqda. 86 ball toʻplay olmagan pedagoglarga nisbatan salbiy qarorlar qabul qilinmaydi.
Savol: 86 ball va undan yuqori ball toʻplaganlarga toʻlanadigan ustama faqatgina navbatdagi majburiy ishtirok etganlarga toʻlanadimi yoki navbatdan tashqari ishtirok etganlarga ham toʻlanadimi?
Javob: 70% ustama toʻlanishida attestatsiya turi va amaldagi toifaning ahamiyati yoʻq. Toifa testlarida ishtirok etish hamda 86 va undan yuqori ball toʻplash kerak boʻladi.
Savol: Umrbod toifaga (XXX-cheksiz muddatli sertifikatga) ega boʻlgan ustozlar ham 70%lik attestatsiyaga qatnasha oladimi?
Javob: Albatta, umrbod toifaga ega boʻlgan pedagoglar ham oʻz ixtiyorlariga koʻra, attestatsiyaning navbatdan tashqari turi boʻyicha ishtirok etishlari mumkin.