Ona tili va adabiyot fanidan imtihon oʻtkazish tartibi - Ta’lim / Образование

Ona tili va adabiyot fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun imtihon topshirish tartibi va shakllari belgilangan talablarga muvofiq tashkil etiladi.

Ona tili va adabiyot fanidan imtihon oʻtkazish tartibi



Ona tili va adabiyot fanidan imtihon oʻtkazish tartibi (11-sinf)

Ona tili va adabiyot fanlaridan oʻquvchilarning bilim darajasini aniqlash boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 15 ta topshiriq taqdim etiladi.

1-qism: 13 ta qisqa javobli (9 ta ona tili, 4 ta adabiyot) topshiriqdan tashkil topgan. Bunda javob bitta raqam, bosh harf bilan yozilgan javob koʻrinishida berilishi kerak.

2-qism: Kengaytirilgan javobli 2 ta (1 ta ona tili, 1 ta adabiyot) topshiriqni oʻz ichiga oladi, berilgan topshiriqqa asosli dalillar bilan batafsil hamda ijodiy fikr yuritib, yozma javob beradi.

Har bir imtihon variantining savol va topshiriqlari fan kesimida boʻlib, umumtaʼlim maktablarining talaffuz va imlo, punktuatsiya, uslubiyat, lingvistik tahlil, matnni tushunish, shuningdek, milliy, jahon adabiyoti hamda adabiyot nazariyasi kabi mazmun sohalarni qamrab olgan. Tavsiyada bilish, qoʻllash va mulohaza qilish kognitiv faoliyatlarga oid topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan.

Har bir variantda oʻquvchiga 15 tadan (10 ta ona tili, 5 ta adabiyot) savol beriladi. Savollarning 3 tasi (2 ta ona tili, 1 ta adabiyot) bilishga, 10 tasi (7 ta ona tili, 3 ta adabiyot) qoʻllashga, 2 tasi (1 ta ona tili, 1 ta adabiyot) mulohazaga oid boʻladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt berilgan.