Geografiya fanidan imtihon oʻtkazish tartibi - Ta’lim / Образование

Geografiya fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun imtihon topshirish tartibi va shakllari belgilangan talablarga muvofiq tashkil etiladi.

Geografiya fanidan imtihon oʻtkazish tartibi



Geografiya fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

Imtihon ishining har bir varianti shakli va murakkablik darajasi turlicha boʻlgan 20 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi.

1-qism 17 ta qisqa javobli topshiriqdan tashkil topgan. Bunda javob bitta yoki bir son birligi, bosma harf bilan yozilgan soʻz yoki moslashtirilgan jadval koʻrinishida berilishi kerak.

2-qism kengaytirilgan javobli 3 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi, ularda berilgan geografik topshiriq (masala)ning yechimini asoslab, taqdim etish lozim.

Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari geografiya fani boʻyicha umumiy oʻrta taʼlimning 7–10-sinflar mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qoʻllashga va mulohazaga oid topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan.

Biletda oʻquvchiga 20 tadan savol beriladi. Savollarning 5 tasi bilish, 13 tasi qoʻllash, 2 tasi mulohaza koʻnikmalarini baholashga oid. Topshiriqlarga javob berishi uchun 120 daqiqa vaqt beriladi.

Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar. Bilet savollariga javob berishi uchun umumiy120 daqiqa vaqt beriladi.