Xabaringiz bor, joriy oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari uchun choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari markazlashgan tartibda oʻtkazilishi belgilangan.
Unga koʻra, CHSB sinovlari maktablarda 23-30-oktyabr kunlari — onlayn (kompyuterda) shaklda, 1-noyabr kuni — anʼanaviy (qogʻozda) shaklda tashkil etildi.
Tegishli nizomga muvofiq BSB, CHSB bo‘yicha o’quvchiga formativ baholash (kunlik baholash) tartibi bo’yicha quyidagicha baholanadi:
9-10 ball qo‘yiladi.
Agar o’quvchi darsda:
– faol, savollarga aniq va toʻgʻri javob bersa, guruh va juft boʻlib ishlashda ham faollik darajasi yuqori boʻlsa;
– ayrim qismlarida juda faol, savollarga toʻgʻri javob bersa, ayrim xatolarga yoʻl qoʻysa.
Uyga vazifalarni bajarishi:
– uyga vazifani toʻliq va xatolarsiz bajargan boʻlsa;
– uyga vazifani toʻliq bajargan, baʼzi xatoliklar mavjud boʻlsa.
6-8 ball qo‘yiladi, agar
– faol qatnashsa, fikrlarini qisman toʻgʻri bayon eta olsa;
– faol lekin savollarga ikkilanib javob bersa, guruh, juft boʻlib ishlaganda faollik darajasi past boʻlsa;
– faol boʻlishga harakat qilsa, mavzuga doir savollarning ayrimlariga toʻgʻri javob bersa.
Uyga vazifalarni bajarishi:
– uyga vazifani bajargan, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa.
0-5 ball qo‘yiladi, agar:
– faol ishtirok etsa va toʻgʻri boʻlmagan fikrlar bildirsa;
– savollarga notoʻgʻri javob bersa, oʻquvchilar orasida darsdagi faolligi sezilarli boʻlmasa.
Uyga vazifalarni bajarishi:
– uyga vazifani qisman bajargan, xatoliklar koʻp boʻlsa;
– uyga vazifani bajarmagan boʻlsa.





