Ushbu sahifada Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir ssenariyi, taqdimot, dars ishlanma va sahna ko‘rinishi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Zahriddin Muhammad Bobur — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi; boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi. Boburning ilmiy mehnatlari orasida “Aruz haqida risola” (1523-25) alohida o‘rin egallaydi, unda sharqiy aruz vazni ko‘rib o‘tiladi. 1521 yil islomning beshta shariat ustuni bayon etilgan falsafiy-diniy “Mubayyin” asarini yozgan.
Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda tavallud topgan, Farg‘ona hukmdorining o‘g‘li, Amir Temurning evarasi. Bobur 1494 yil Farg‘ona hokimi bo‘ladi, 1526 yil Hindistonda markazlashgan boburiylar davlatiga (jahon tarixiga “buyuk mo‘g‘ullar saltanati” bo‘lib kirgan) asos solib, Hindiston inglizlar tomonidan bosib olinishiga qadar (1848) mavjud bo‘lgan. Agra shahrida 1530 yil 26 dekabr kuni vafot etgan.
Boburning she’riy merosi ko‘pqirrali va boy. Nasriy asarlari (1519) “Qobul devoni”ga, so‘nra (1529-30) “Hind devoni”ga jamlangan. U sharq nasriy janrlarida 10 dan ziyod she’rlar yozgan. She’rlarida uning shaxsiy hayoti, atrof-muhiti va tarixiy hodisalar aks etilgan. Bobur she’riyatining asosini ishqiy-nasriy mazmundagi she’rlar tashkil etadi. Shoir san’ati o‘ziga xos adabiy uslub va mahorat, turkiy tilning ifodaliroq vositalari orqali tasvirlanadi.
Uning she’rlarida o’z davrining tarixiy hodisalari, shoirning shaxsiy hayoti, atrof-muhit, insonga bo‘lgan munosabat, din, davr an’analari va axloqlari voqe’lik ila aks etgan.
Boburning she’rlari — shoirning tarjimai xoli, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U orqali ijodkor shoirona til orqali teran tuyg‘ularni bayon qiladi, hayotiy hodisalar to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘lgan tashvishlarni mohirona so‘zlaydi.
Dars ishlanma
Tadbir ssenariylari
Taqdimotlar
Boshqa fayllar
Tadbir uchun sahna koʻrinishi





