Mazkur metodik tavsiyada yakuniy attestatsiya imtihonini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, nazariy savollarni ishlarini baholash bo‘yicha mezonlar keltirilgan. Yakuniy nazorat imtihon bileti umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi Oʻzbek tili kurslarining bo‘limlaridagi mavzularini qamrab olgan bo‘lib, savollar darsliklar asosida tuzilgan.
Oʻzbek tili
9-sinf
O‘quvchilarning o‘zbek (davlat) tili fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 10 ta variant taqdim etiladi.
Har bir imtihon variantining savol va topshiriqlari fan bo‘limlari kesimida tuzilib, talaffuz va imlo, punktuatsiya, leksikologiya, morfologiya, sintaksis va matnni tushunish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Shuningdek, topshiriqlar bilim, qo‘llash va fikrlash faoliyatiga doir baholash mezonlari asosida ishlab chiqiladi.
Har bir variantda o‘quvchiga 5 ta topshiriq beriladi. Ushbu topshiriqlardan 2 ta bilishga oid, 2 ta qo‘llashga oid, 1 ta mulohazaga oid bo‘ladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi.
Oʻzbek tili
11-sinf
O‘quvchilarning o‘zbek (davlat) tili fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 20 ta variant taqdim etiladi.
Har bir imtihon variantining savol va topshiriqlari fan bo‘limlari kesimida tuzilib, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, uslubiyat va matnni tushunish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Shuningdek, topshiriqlar bilim, qo‘llash va fikrlash faoliyatiga doir baholash mezonlari asosida ishlab chiqiladi.
Har bir variantda o‘quvchiga 20 ta topshiriq beriladi. Ushbu topshiriqlardan 5 ta bilishga oid, 14 ta qo‘llashga oid, 1 ta mulohazaga oid bo‘ladi.
1-qism: 17 ta qisqa javobli topshiriqdan tashkil topgan. Bunda javob bitta yoki bir nechta raqam, bosh harf bilan yozilgan javob koʻrinishida berilishi kerak.
2-qism: Kengaytirilgan javobli 3 ta topshiriqni o‘z ichiga oladi, berilgan topshiriqqa asosli dalillar bilan batafsil hamda ijodiy fikr yuritib, yozma javob beradi. Yakuniy davlat attestatsiyasi test sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi.





