Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon oʻtkaziladigan manzillar va aniq sanalar eʼlon qilindi - Ta’lim / Образование

Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon oʻtkaziladigan manzillar va aniq sanalar eʼlon qilindi

Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon oʻtkaziladigan manzillar va aniq sanalar eʼlon qilindi.

Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari yangi tartib asosida toifa olishadi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligining 2026 yil 7 apreldagi tegishli qo‘shma qarorida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani pedagog kadrlarining o‘quv fanidan malaka sinovlari amaliy imtihoni Sport vazirligi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.



Unga ko‘ra:

ushbu amaliy imtihon sinovlari joriy yilning 12 — 20 may kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

Amaliy imtihonlarda ishtirok etish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

📆Mazkur imtihonlarni o‘tkazish manzillari hamda tegishli sanalar bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin:



Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun ikkinchi bosqich – amaliy imtihon uchun jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari boʻyicha – 20 ball, sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi – 40 ball beriladi.

Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy imtihon sinovlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari hamda sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi va baholash mezonlari bilan quyidagi fayl orqali tanishingiz mumkin.