Vazir jamg‘armasi uchun o‘tkaziladigan navbatdagi sinov jarayonlari tartibi, manzillari va kunlari tasdiqlandi - Ta’lim / Образование

Vazir jamg‘armasi uchun o‘tkaziladigan navbatdagi sinov jarayonlari tartibi, manzillari va kunlari tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan ustama toʻlanadigan pedagoglarni aniqlash uchun oʻtkaziladigan saralash sinovlari 2-bosqichi – kasbiy mahoratni baholash boʻyicha suhbat oʻtkazish tartibi va baholash mezonlari tasdiqlandi.

Vazir jamg‘armasi uchun o‘tkaziladigan navbatdagi sinov jarayonlari tartibi, manzillari va kunlari tasdiqlandi

Ikkinchi bosqich suhbat jarayonlari joriy yilning 2-6-iyun kunlari belgilangan reja-grafikga muvofiq hududiy Pedagogik mahorat markazlarida o‘tkazilishi belgilandi.

Nomzodlar suhbat jarayonida tasodifiy tanlangan 4 ta savol boʻyicha maksimal 20 ballik tizimda baholanadi. Har bir nomzod bilan suhbat oʻtkazish uchun 12 daqiqa vaqt ajratiladi.



Suhbat davomida har bir nomzod baholash mezonlarining har bir bandi boʻyicha alohida-alohida baholanadi.

Suhbat komissiyasining yakuniy qarori belgilangan tartibda bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi hamda komissiya tomonidan tasdiqlanadi.

Agar kvota chegarasida oxirgi oʻrinlar boʻyicha nomzodlarning yakuniy ballari teng kelib qolsa, ustunlik belgilangan ketma-ketlik asosida belgilanadi hamda unda ham ballar teng boʻlib qolgan taqdirda tegishli nomzodlar bilan qoʻshimcha suhbat oʻtkaziladi.

Barcha suhbat jarayonlari toʻliq videoyozuvga olinadi.

Suhbat natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat ichida pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali murojaat qilishlari mumkin.

Eslatma: nomzodlarning 2-bosqich suhbat jarayonlarida ishtirok etish kuni va vaqti bo‘yicha vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan xabardor qilinadi