Milliy sertifikat pedagoglar attestatsiyasida imtiyoz beradimi? - Ta’lim / Образование

Milliy sertifikat pedagoglar attestatsiyasida imtiyoz beradimi?

Milliy sertifikat pedagoglar attestatsiyasida imtiyoz beradimi? Pedagog kadrlar attestasiyasi bo‘limining telegram kanalida ushbu savolga javob berildi.


Milliy sertifikat pedagoglar attestatsiyasida imtiyoz beradimi?

Savol: Men Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tarix fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman. Savolim 2026 yilda oliy toifa olish uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyada qatnashsam, menga milliy sertifikatim uchun maksimall ball beriladimi?

Javob: Yo‘q, berilmaydi.



Amaldagi tartibga ko‘ra, Nizomning 36-bandi: Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining kamida С1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani o‘qituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.

 


Leave a Reply