O‘quvchilar yozgi ta’tilni unumli o‘tkazishlari uchun tavsiyalar - Ta’lim / Образование

O‘quvchilar yozgi ta’tilni unumli o‘tkazishlari uchun tavsiyalar

O‘quv yili tugagach, o‘quvchilar birinchi navbatda qanday dam olishni o‘ylaydi. Yozgi ta’til haqiqatan ham dam olish vaqti bo’lsa-da, o‘quvchilar shaxsiy rivojlanish uchun ko‘plab imkoniyatlarni e’tibordan chetda qoldirmasliklari kerak.

O‘quvchilar yozgi ta’tilni unumli o‘tkazishlari uchun tavsiyalar

Bolalar vaqtni to‘g’ri boshqarib, ta’tilni qiziqarli mashg’ulotlar bilan o’tkazishlari bilan birga foydali bo’lishi mumkin bo‘lgan yangi narsalarni o‘rganishlari mumkin.


Yangi til o‘rganish

Chet tillarni bilish bizga turli madaniyatlar va turmush tarzini bilish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu chet elda o‘qish, yangi biznes hamkorlik yoki mavjud hamkorlikni yaxshilash yo‘llari kabi qator imkoniyatlarni ochib beradi. Til o‘rganish ko‘p vaqt va kuch talab qilganligi sababli, yozgi ta’til bolalar uchun ideal davrdir.



Yangi ko‘nikmalar hosil qilish

Qanday qilib bir vaqtning o‘zida foydali ish bilan shug‘ullanayotganda dam olish ham mumkin? Agar bolalar qiziqadigan sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullansa, ular samarali hordiq oladi.

Buning uchun ularning qiziqishlari va moyilliklarini qo‘llab-quvvatlash kerak. Chunki sevimli mashg’ulot majburiyati ko‘p foydali ko‘nikmalarlar (sabr-toqat, intizom, topqirlik va boshqalar) shakllanishiga xizmat qiladi.



Kitoblarni o‘qish

Yozgi ta’tilni foydali o‘tkazish yo‘llari haqida gapiradigan bo‘lsak, kitoblar mavzusini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Kitob o‘qish yozning eng yaxshi va foydali mashg‘ulotlaridan biri hisoblanadi. Masalan yozgi ta’til uchun adabiyotlar ro‘yxati eng to‘g‘ri yo‘l hisolanadi, sababi o‘quvchilar yangi o‘quv yili uchun maktabga bilimlar sandig‘i bilan yo‘l olishadi.

O‘qish yolg‘izlikdagi mashg‘ulot bo‘lishi shart emas. Kitobxonlar klublarida o‘z tengdoshlari bilan uchrashib, o‘zlarining sevimli asarlari haqida fikr almashishlari, yangi do‘stlar orttirishlari mumkin.



Diqqatga sazovor joylarni ziyorat qiling

Yoz faslida sayohat qilish va ekskursiyalarga chiqish uchun eng qulay vaqt hisoblanadi. Yurtimizda diqqatga sazovor joylar juda ko‘p: Samarqand, Buhoro, Xiva. Ishoning, taassurotlar etarlicha bo‘ladi!


Taom tayyorlashni o‘rganing

Bu nafaqat mazali, balki qiziqarli mashg’ulotdir. Siz uyda deyarli har qanday taomni tayyorlashingiz mumkin – muzqaymoq, pirog, tort, pizza, makaron va xayolingizga kelgan boshqa narsalarni. Shuningdek, siz Osiyo yoki italyan taomlari kunlarini tashkil qilishingiz mumkin. Tushlikdan oldin mamlakat tarixini o‘rganing va qisqa ma‘ruzalar qiling.

manba