Homiladorlik ta’tili – “dekret” puli qanday hisoblanadi? Sahifada ushbu savolga malakali huquqshunoslar javob berishdi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi. Varaqa yo‘qolgan hollarda nafaqa uning o‘rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar barcha hollarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, sug‘urta badallari undirilib to‘lanadigan jami ish haqi to‘lovlari kiradi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sug‘urta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qo‘shilib, o‘rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.
12 oy to‘liq ishlamaganlar uchun “dekret puli” 75% to‘lanadi.
Mehnat kodeksining 404-moddasi 1-qismiga ko‘ra, “dekret puli” o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-son qaroriga ko‘ra, 12 oydan ko‘proq tanaffusdan so‘ng mehnat faoliyatini qaytadan boshlovchi xodimlar uchun dekret puli 75 foiz to‘lanishi belgilangan.