Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o'qituvchilar va jamoatchilikka murojaat qildi - Ta’lim / Образование

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’qituvchilar va jamoatchilikka murojaat qildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘qituvchilarga murojaat qildi.

Министр дошкольного и школьного образования обратилась к учителям и общественности

Davlatimiz rahbari 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qilgan edi.

Muloqotda Prezidentimiz “Yil oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazilib, 208 ta tuman va shahardan gʻolib boʻlgan oʻqituvchilarga sovgʻa sifatida uy-joy berilishini eʼlon qilgan va bu xabarni soha xodimlari katta xursandchilik bilan kutib olgan edi. Oldimizda ushbu tanlovni shaffof, adolatli oʻtkazish vazifasi turibdi. Shu sabab bizga jamoatchilik, ayniqsa hurmatli pedagoglarimiz fikr, takliflarini eshitish muhim.



Tanlov qanday boʻlishi kerak, adolatli boʻlishi uchun qanday jihatlarga eʼtibor berish kerak, ishtirokchilar qaysi mezonlar asosida baholanishi lozim? Takliflaringizni @uzedu_vazirbot manziliga yuboring.

 

Biz uchun har bir fikr, taklif qadrli.

Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri.

 


Leave a Reply