Ushbu sahifada siz rus tili fanidan tarqatma materiallar va chizma-jadval shaklidagi kartochkalarni yuklab olishingiz mumkin.
Tarqatma material — turli ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari (xaritalar, jadvallar, kartochkalar va boshqalar) o‘quvchilarga sinfda yoki uyda mustaqil ishlash uchun tarqatiladi yoki o‘qituvchi tomonidan darsda namoyish yetiladi; vazifalar va mashqlar to‘plamlari didaktik material deb ham ataladi.
Suratlar turli xildagi matnlar bilan boyitilishi o‘quvchilarning nutqiy salohiyatini yanada oshiradi. Suratlar asosida kommunikativ vazifalar yuklatiladi. Vazifalarning keng kamrovligi, ularning qiyinlik darajasi, ish xajmi va kartochkalarning bir biridan farqlanishi ushbu qo‘llanmaga yuklatilgan eng muxim uslubiy talablar hisoblanadi.
Kartochkalar mashg‘ulotlarni mustahkamlash bosqichida ishlatiladi. Tarqatma materiallar o‘quvchilarning nafaqat mustaqil, balki juft bo‘lib ishlashi uchun ham ishlatiladi.
Rus tilidagi tavsiya etilgan chizma-jadvallar devorga osiladigan ko‘rgazmali qurollarning qisqartirilgan variantidir. Jadvallar kartochkalarning har ikki tomonida joylashgan va yuqori sinf maktab dasturi bo‘yicha grammatik mavzularni o‘rganadigan ketma-ketlikda (36 donadan iborat) raqamlangan.
Tarqatma materiallar to‘plamida dasturning barcha bo‘limlarini qamrab oladigan materiallar mavjud: “Fonetika va grafika”, “Morfemika”, “Morfologiya”, “Sintaksis va punktuatsiya”.
Tarqatma materiallar o‘qituvchiga o‘quv jarayoniga faoliyatga asoslangan yondashuvni amalga oshirishga, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishga, muayyan mavzuni o‘rganishning turli davrlarida kartochkalardan foydalanishga yordam beradi.
Quyida o‘qituvchilar rus tili fanidan o‘zlarining ochiq darslari va mashg‘ulotlarida ishlatishlari uchun tarqatma materiallarini yuklab olishlari mumkin.
© Tarqatma material mualliflari: Shukeylo Valentina Andreyevna, Lyubov Voxmyanina.