Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun imtihon topshirish tartibi va shakllari belgilangan talablarga muvofiq tashkil etiladi.
Biologiya fanidan imtihon oʻtkazish tartibi
Imtihon ishining har bir varianti ikki qismdan iborat boʻlib, shakli va murakkablik darajasi turlicha boʻlgan 20 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi.
1-qism 17 ta qisqa javobli topshiriqdan tashkil topgan. Topshiriqlar qisqa javob yoziladigan, moslashtirish va ketma-ketlikni toʻgʻri aniqlash, bir nechta javobli, fikrlar toʻgʻri yoki notoʻgʻri (T/N) ni aniqlash shaklida boʻlib, bunda javob namunaga oid bitta yoki bir necha son birligi, bosma harf bilan yozilgan boʻlishi soʻraladi.
2-qism kengaytirilgan javobli 3 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi, ularni bajarishda berilgan savol yoki biologik masalaning yechimini asoslab, oʻz fikrini batafsil yozishi kerak.
Har bir imtihon variantining savol va topshiriqlari biologiya fani boʻyicha umumiy oʻrta taʼlimning 5 – 11 — sinflar mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada bilishga oid savollar, qoʻllashga va mulohazaga oid topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan.
Har bir variantda oʻquvchiga 20 tadan topshiriq savollari beriladi. Bu topshiriqdan 5 ta bilish, 14 ta qoʻllash va 1 ta mulohaza koʻnikmalarini baholashga oid tuzilgan.
Yakuniy nazorat imtihoni test sinovida qamrab olingan biologiya fanining mazmun sohalari:
- Tabiat asoslari va uning fan va texnikadagi roli. Tiriklikning xilma-xilligi;
- Hujayra biologiyasi: hujayra tarkibi, tuzilishi va funksiyasi;
- Organizmlar biologiyasi va xilma-xilligi;
- Genetika va evolyutsiya;
- Hayotning ekosistema va biosfera darajasi umumiy qonuniyatlari.
Variant topshiriqlarini bajarish uchun 180 daqiqa vaqt beriladi.