“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi - Ta’lim / Образование

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichiga start berildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichiga start berilmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab



Ushbu tanlovda hududiy sinovlarda eng yaxshi natija qayd etgan 14 ta jamoa o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar:

1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m;
2-o‘rin uchun – 400 mln so‘m;
3-o‘rin uchun – 300 mln so‘m miqdorida pul mukofotini qo’lga kiritadi.


Shuningdek, Respublika bosqichi ishtirokchilari va ularning ustozlari xorijga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishadi.