Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida “Mening maktabim” loyihasi yoʻlga qoʻyilgan edi.
Loyiha doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Ochiq budjet” portalida oʻtkazilgan ovoz berish natijalariga koʻra, 14 ta tumanda sinov tarzida o‘tkazilgan loyiha doirasida 1387 ish gʻolib deb topildi.
Qariyb 28 mlrd. soʻmlik ushbu loyihalar doirasida umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur mablagʻlar ajratilishi koʻzda tutilgan.
Ushbu loyihalar uchun jami 38 371 nafar o‘quvchi tomonidan ovoz berilgan.
G’olib loyihalar ro’yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.