Bugun boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat imtihoniga ariza topshirish boshlanadi!
Hukumatning 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi, boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega va B+ yoki undan yuqori darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilarga sertifikat amal qilish muddati davomida barcha fanlar bo‘yicha lavozim maoshiga har oy 15% miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lab boriladi.
Ariza topshirish havolasi: https://my.gov.uz/uz/service/1526
Muhim eslatma! Imtihonga onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar to‘lovni 24 soat ichida amalga oshirishlari shart! Joylar soni cheklangan.





