O‘quvchingiz darsga kechikib kelsa qanday yo‘l tutasiz? - Ta’lim / Образование

O‘quvchingiz darsga kechikib kelsa qanday yo‘l tutasiz?

Darsga kech qolgan o‘quvchi doim salbiy taassurot uyg‘otadi: o‘quv jarayoniga xalaqit beradi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning fikrlash tarzini to‘xtatib quyadi, intizomni buzadi.

Ўқувчингиз дарсга кечикиб келса қандай йўл тутасиз?

Insonparvar pedagogika konsepsiyasi muallifi, buyuk pedagog Shalva Aleksandrovich Amonashvili bir kuni o‘z ma’ruzasiga yig‘ilgan o‘qituvchilarga savol bilan murojaat qildi. “Vaziyatni tasavvur qiling, siz to‘rtinchi sinfda dars o‘tayapsiz, 20 daqiqaga kechikib kelgan o‘quvchi kirib keladi. Sizning harakatlaringiz?”. O‘qituvchilar turli xil variantlarni taklif qila boshladilar: “Sinfdan chiq!”, “Menga kundaligingni ber”, “O‘z joyinga o‘tir, darsdan keyin gaplashamiz” … Lekin Shalva Aleksandrovich bunday javoblardan qoniqmadi.

shalva amonashvilli

U shunday dedi: – Bola kirib kelganida, men chin yurakdan shunday degan bo‘lardim: “Bolajonim keldingmi, darsga kir, to‘g‘risini aytsam sensiz darsni boshlashim qiyin bo‘lib turgandi. Kelganing yaxshi bo‘libdi”. Bu shartsiz mehr deb ataladi, unga taqlid qilib bo‘lmaydi. Agar u ikkinchi kuni kechiksa, men yanada ko‘proq muhabbat bilan aytaman: “Salom, mening sevimli o‘quvchim, men seni juda kutgan yedim, tezda kel, o‘tir. Sensiz darsni boshlay olmadik”.



Bilasizmi, agar siz buni uch, to‘rt, besh marta takrorlasangiz, bola kechikib kelishni bas qiladi. Chunki u faqat sof mehr turtkisiga javob beradi. Bu bolaning psixologiyasi: agar u o‘zini biron bir joyda qadrlansa, mehrga to‘lsa, uni shaxs sifatida hurmat qilishsa, u boshqa hech qachon kechikmaydi.”

Eng qizig‘i Shalva Aleksandrovichning o‘zi maktab davrida namunali o‘quvchilar sirasiga kirmagan, 7 sinfgacha ikkichi bo‘lgan. Lekin Ona tili va adabiyot fan  o‘qituvchisining pedagogik mahorati tufayli  u maktabni a’lo bahoga tamomladi.

manba



Leave a Reply