O‘qituvchida kasbiy sertifikat bo‘lmasa ishdan bo‘shatiladimi? - Ta’lim / Образование

O‘qituvchida kasbiy sertifikat bo‘lmasa ishdan bo‘shatiladimi?

O‘qituvchida kasbiy sertifikat bo‘lmasa ishdan bo‘shatiladimi? Ushbu savolga Pedagog kadrlar attestasiyasiga mas’ul hodimlar javob berishdi.

O‘qituvchida kasbiy sertifikat bo‘lmasa ishdan bo‘shatiladimi?

Savol: Men may oyida bo‘lib o‘tgan kasbiy sertifikatlash imtihonida 48 ball to‘pladim. Endi men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadimi?

Javob: Sizga yana bir marta imkoniyat beriladi, unda ham 56 baldan past natija qayd etsangiz, u holda Siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.



Nizomning 33-bandi: Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 balldan kam ko‘rsatkichga ega talabgor nazorat sinovidan o‘tmagan hisoblanadi.

Uzrli sabablarga ko‘ra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan o‘ta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi o‘quv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi.



Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish sanasi va nazorat sinovini o‘tkazish muddati Vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va uni o‘tkazish tartibi mazkur Reglamentga muvofiq tartibda belgilanadi.



Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

P.S. Nizomning 15-bandi: Nazorat sinovida qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov to‘lanadi.