O‘rindosh o‘qituvchilarga ta’til qanday hisoblanadi? - Ta’lim / Образование

O‘rindosh o‘qituvchilarga ta’til qanday hisoblanadi?

Juda ko‘p xodimlar o‘z ish joyidan tashqari boshqa joyda o‘rindoshlik asosida mehnat faoliyatini olib boradi va ta’tilga chiqayotganda albatta ularda savol tug‘iladi. o‘rindosh ishlovchi xodimlarga ta’til pullari to‘lanadimi?

O‘rindosh o‘qituvchilarga ta’til qanday hisoblanadi?

Vazirlar Mahkamasining 297-sonli “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 16-bandida O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.



Birinchi ish yilida olti oy ishlagan o‘rindoshlarning mehnat ta’tiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat ta’tiliga o‘rindoshlik asosidagi ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi. Ya’ni xodimga o‘rindoshlik ish joyidan ta’til va ta’til puli to‘lanadi.


Bu jarayon qanday amalga oshiriladi?

Agar o‘rindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan bo‘lsa, u holda o‘rindoshlik asosidagi ishda ta’til uchun ishlangan vaqtga proporsional haq to‘lanadi.



Bilasiz xodimda ta’til olish huquqi u ish joyida 6 oy ishlagandan keyin vujudga keladi. Biroq agar xodimning o‘rindoshlik asosidagi ishga kirganiga 6 oy bo‘lmagan bo‘lsa, biroq asosiy ish joyidan ta’tilga chiqsa, ish beruvchi unga 6 oyga to‘lmagan bo‘lsa ta’til berisha va ishlagan davriga mutanosib tarzda haq to‘lashga majbur.



Agar xodimning o‘rindoshlik joyidagi mehnat ta’tili qisqa bo‘lsa, qanday tartibga solinadi?

Asosiy ish joyi bo‘yicha haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining davomiyligi o‘rindoshlik asosidagi ish haqi to‘lanadigan mehnat ta’tilining davomiyligidan ortiq bo‘lsa, u holda ish beruvchi o‘rindoshning iltimosiga ko‘ra unga o‘rindoshlik asosidagi ish haqi to‘lanadigan ta’tildan tashqari asosiy ish bo‘yicha haq to‘lanadigan ta’tilning qancha davom etishi bilan o‘rindoshlik asosidagi ish haqi to‘lanadigan ta’tilning tafovutini tashkil etuvchi kunlar uchun ish haqi saqlanmaydigan ta’til berishga majburdir.

manba