Talabalarni ijaraga qo‘ygan uy egalaridan daromad solig‘i undirilmaydi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Soliq kodeksining 378-moddasida soliq solinmaydigan daromad turlari keltirilgan bo‘lib, ushbu moddaning 19.1-bandida soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi deb ko‘rsatilgan.
Yuqoridagi asosga ko‘ra, talabalarni o‘z uylariga ijaraga qo‘yish orqali ijara haqidan daromad topayotgan shaxslarning ushbu daromadlaridan daromad solig‘i olinmaydi.