B2 Sertifikatiga ega boʻlmagan oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi - Ta’lim / Образование

B2 Sertifikatiga ega boʻlmagan oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi

Bu boʻyicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari tushuntirish berdi. Unga ko‘ra B2 sertifikat olish boʻyicha majburiyat 2025-2026 oʻquv yiliga qoldirilgan.

Утверждён список сертификатов, применяемых при назначении надбавок педагогам

Eslatib o‘tamiz, tan olinadigan sertifikatlar ro‘yxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarining qarori (29.05.2024, №3515)ning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan.

2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda qaysi sertifikatlar va nima uchun roʻyxatdan chiqarib yuborilgani haqida quyida ma’lumot bergan edik.



Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi.

Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati ushbu yangi qarorning 3-bobi da alohida tasdiqlangan boʻlib, ishga kirishda soʻraladigan va ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxati qisman farq qiladi.