“Mening maktabim” loyihasiga ovoz berish boshlandi - Ta’lim / Образование

“Mening maktabim” loyihasiga ovoz berish boshlandi

Bugun, 13-yanvar kuni “Mening maktabim” loyihasi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Mazkur jarayon joriy yilning 17-yanvariga qadar davom etadi.

Mening maktabim loyihasiga start berildi

“Mening maktabim” loyihasini oʻtkazish tartibi, jumladan, loyihalarni shakllantirish, ularni saralab olish, ovoz berish hamda gʻoliblarni aniqlash jarayonlari bilan quyidagi infografikalar orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

“Ochiq budjet” portalida maktabingizdagi o‘zingiz muhim deb bilgan loyihaga ovoz bering!



Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil uchun “Ochiq budjet” portalida jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan loyihalar taqvimi e’lon qilgan edi.

Taqvimga ko‘ra, yanvar oyida 2024−2025-o‘quv yili uchun “Mening maktabim” loyihasi bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish 13−17-yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Loyihaning 2025−2026-o‘quv yili uchun mavsumi oktyabr oyiga mo‘ljallangan. Loyihalarni kiritish 1−10-oktyabrda, ovoz berish esa 21−30-oktyabr kunlari bo‘ladi.

“Tashabbusli budjet”ning birinchi mavsumiga 1-fevral kuni start beriladi. Ovoz berish jarayoni 11-martdan 20-martgacha davom etadi, g‘oliblari 21-mart kuni — Navro‘z bayramida e’lon qilinadi.



Ikkinchi mavsum esa 15-iyulda boshlanadi. G‘olib loyihalar 1-sentabr kuni — Mustaqillik bayramida ma’lum bo‘ladi.

“Mening bog‘cham” loyihasi esa 1−10-iyun kunlari o‘tkaziladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, “Mening yo‘lim” loyihasi “Tashabbusli budjet”ning birinchi mavsumiga qo‘shib o‘tkaziladi.