Qanday hollarda xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinadi? - Ta’lim / Образование

Qanday hollarda xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinadi?

Qanday hollarda xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinadi? Ushbu savolga batafsil javob berildi.

Quyidagi hollarda xodimning ruxsatisiz ish haqidan ushlab qolinadi:

— soliqlar va yig‘imlarni undirish uchun;

— sud qarorlarini va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish, shuningdek vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish uchun;

— ish haqi hisobiga berilgan bo‘nakni ushlab qolish, boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganligi munosabati bilan xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan, sarflanmagan va o‘z vaqtida qaytarilmagan bo‘nakni ushlab qolish uchun;



— xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan oshmasa;

— ish beruvchi tomonidan xodimga qo‘llangan jarimani undirish uchun;

— xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun.

❗️Har bir to‘lov chog‘ida ish haqidan ushlab qolingan mablag‘larning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshishi mumkin emas.