O‘qituvchilar uchun kasbiy sertifikatlash sinovlari joyi va sanasi e’lon qilindi - Ta’lim / Образование

O‘qituvchilar uchun kasbiy sertifikatlash sinovlari joyi va sanasi e’lon qilindi

O‘qituvchilar uchun navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari joriy yilning 7-avgust kuni oʻtkaziladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘qituvchilar uchun kasbiy sertifikatlash sinovlari joyi va sanasi e’lon qilindi

✅ Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan ayrim pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinmoqda.



Joriy yilning 7-avgust kuni quyidagi manzillarda sinov jarayonlari oʻtkaziladi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi: Pedagogik mahorat markazi (Nukus shahri, Y. Alakoʻz koʻchasi, 54-uy)

Andijon viloyati: Pedagogik mahorat markazi (Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi, 8-uy)

Buxoro viloyati: Buxoro shahridagi 44-maktab binosi (Buxoro shahar, Bog’ishamol ko’chasi 5-uy. Mo’ljal: oldingi Pedagogika kolleji)

Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-maktab binosi (Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, Toʻqimachilar koʻchasi, 45-uy)

Qashqadaryo viloyati: Pedagogik mahorat markazi (Qarshi shahar, Olimlar koʻchasi, 2-uy)

Navoiy viloyati: Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Navoiy shahri, Aloqa koʻchasi, 6-uy)



Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-maktab binosi (Namangan shahri, “Gʻishkoʻprik” MFY, Uychi koʻchasi, 329-uy)

Samarqand viloyati: Pedagogik mahorat markazi (Samarqand shahar, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy)

Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh koʻchasi, 55-uy)

Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 14-maktab binosi (Termiz shahar A.Jomiy MFY, So’fi Olloyor ko’chasi, 4/54-uy. Mo’ljal: “Termiz-Baqtriya avado” buyum bozori)

Fargʻona viloyati: Fargʻona shahridagi 28-maktab binosi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy)

Xorazm viloyati: Urganch shahridagi 17-maktab binosi (Urganch shahar “4-Yuqori bog'” mahallasi, Maxtumquli ko’chasi, 229 “A”-uy)

Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy koʻchasi, 83-uy)



📌 Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.

56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.