Mazkur metodik tavsiyada yakuniy attestatsiya imtihonini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, nazariy savollarni ishlarini baholash bo‘yicha mezonlar keltirilgan. Yakuniy nazorat imtihon bileti umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi O‘zbekiston tarixi kurslarining bo‘limlaridagi mavzularini qamrab olgan bo‘lib, savollar darsliklar asosida tuzilgan.
O‘zbekiston tarixi
9-sinf
Oʻquvchilar uchun Oʻzbekiston tarixi fani bilish darajasini aniqlash boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 5 topshiriq taqdim etiladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt berilgan.
Oʻquvchilarning yozma ishlari yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida maksimum 100 ball bilan baholanadi. Topshiriqlar uchun belgilangan ballar ularning murakkablik darajasini, bajarishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma va mantiqiy fikrlash hajmini hisobga olgan holda belgilangan. Topshiriqlar mazmuni va qiyinlik darajasi asosida turli xil ball bilan baholanadi. Har bir topshiriqning baholash mezoni baholash formatida berilgan.
O‘zbekiston tarixi
11-sinf
Oʻquvchilari uchun Oʻzbekiston tarixi fani bilish darajasini aniqlash boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 20 test topshirigʻi taqdim etiladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt berilgan.
Oʻquvchilarning yozma ishlari yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida maksimum 100 ball bilan baholanadi. Topshiriqlar uchun belgilangan ballar ularning murakkablik darajasini, bajarishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma va mantiqiy fikrlash hajmini hisobga olgan holda belgilangan. Topshiriqlar mazmuni va qiyinlik darajasi asosida turli xil ball bilan baholanadi.





