Oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati vaqtinchalik toʻxtatiladi - Ta’lim / Образование

Oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati vaqtinchalik toʻxtatiladi

Oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati vaqtinchalik toʻxtatiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati vaqtinchalik toʻxtatiladi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Maʼmuriy reglament asosida amalga oshirilayotgan oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati joriy yilning 26-mayidan 31-iyuliga qadar toʻxtatilishini maʼlum qilindi.



Mazkur vaqt oraligʻida elektron platforma (erp.maktab.uz) orqali umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga hamda oʻquvchilarni sinfdan-sinfga oʻtkazish jarayoni amalga oshiriladi.

Oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati 2025-yil 1-avgustdan davom ettiriladi.